Navoiyda voyaga yetmagan aka-uka is gazidan vafot etdi

3-sahifa

image

Bugun, 30 oktyabr kuni Navoiy viloyatida ikki nafar voyaga yetmagan aka-uka is gazidan vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Soat 9:00 larda Navbahor tumani, Paxtakor mahallasida yashagan ikki nafar voyaga yetmagan aka-uka (2004 y.t., kollej talabalari) uyining yotoqxonasiga o‘rnatilgan gaz pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yosh er-xotin is gazidan vafot etgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy is gazi

Baholaganlar

80

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing