Navoiyda sud raisi xodimini do‘pposladi. Tekshiruv boshlandi
Jamiyat
−
20 fevral 2019
8052Ma’muriy ishlar bo‘yicha Navoiy viloyat sudi raisi O.T. 15 fevral kuni qo‘l ostida ishlovchi xodimi D.N.ni ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida yerga yotqizib tepkilagan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.
QALAMPIR.UZ ushbu xabarga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan bog‘landi.
Bosh prokuratura Matbuot xizmatidan quyidagilar ma’lum qilind:
“Jabrlanuvchi holat yuzasidan prokuraturaga murojaat qilgan. Ayni vaqtda Navoiy shahar prokuraturasida tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda. Sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Natijasi yuzasidan ma’lumot beriladi”.
Viloyat sudida texnik (AKT) xodim sifatida faoliyat ko‘rsatadigan D.N. ayni vaqtda Navoiy viloyat shifoxonasi xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan.
LiveBarchasi