Buxoroda sud raisining xonasidan 50 ming dollar topildi

3-sahifa

−

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahar sudi raisining xizmat xonasida o‘tkazilgan tadbirda 50 ming dollar topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Xususan, xabarlarda 10 ming dollari o‘sha vaqtda sud raisining xonasida bo‘lgan advokatning cho‘ntagidan, qolgan 40 ming dollari esa xonadagi shkafdan olingani aytildi. Mazkur xabarlar yuzasidan Sudyalar oliy kengashi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha advokatga nisbatan tergov harakatlari, sudyaga nisbatan esa Sudyalar oliy kengashi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Ayni paytgacha xizmat tekshiruvi va tergov jarayonida sudyaning advokatdan pul so‘ragani yoki olganini tasdiqlovchi biror-bir dalil aniqlanmagan.

Pul mablag‘lari advokatning yonidan va sudyaning xizmat xonasiga kirish qismidagi shkafning ochiq, barchaga ko‘rinib turadigan o‘rta qismidan rasmiylashtirib olingan. Ayni paytda xizmat tekshiruvi hamda tergov jarayonlari davom etayotmoqda va natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

Idora tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik hamda aybsizlik prezumpsiyasiga rioya qilgan holda, shoshilinch xulosa chiqarmaslikni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudining sudya yordamchisi 2500 AQSH dollari pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing