Samarqandda sud raisi avtohalokatda vafot etdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 17 iyun kuni Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining raisi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 20:30 larda Urgut tumani “Bog‘ishamol” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-47 avtomobil yo‘lining 61 kilometrida Kamaz-53212 rusumli yuk avtomashinasi va Nexia 3 rusumli yengil avtomashina to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. 

Nexia-3 avtomashinasida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining raisi Timur Rustamov (1986 yilda tug‘ilgan) olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Bildirilishicha, ayni paytda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Urgut tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari  olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yuk avtomobili yo‘ldan velosipedda o‘tayotgan 9 yoshli bolani bosib ketgandi. Oqibatda velosipedchi turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand sud raisi Urgut avtohalokat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing