Yangiyo‘lda MAN 9 yoshli bolani bosib ketdi (video)
3-sahifa
−
11 iyun 10445 1 daqiqa
Joriy yilning 5 iyun kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yuk avtomobili yo‘ldan velosipedda o‘tayotgan 9 yoshli bolani bosib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat taxminan 11:30 larda Yangiyo‘l tumani “Baytish” MFY hududidan o‘tgan D-022 “Nurafshon – Oqqo‘rg‘on – Yangiyo‘l” avtomobil yo‘lining 57-kilometrida 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi K.T. MAN TGS rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotgan vaqtida haydovchiga nisbatan o‘ng tomondan chap tomonga harakatlanib o‘tayotgan 2016 yilda tug‘ilgan velosipedchi Yu.E. ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Bildirilishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida velosipedchi turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Damas mashinasi skuter bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 17 yoshli yigit vafot etgan edi.
Live
Barchasi