Navoiyda shifokorlar koronavirusga chalingani tasdiqlandi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarida Navoiy viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi xodimi S.Ahmadovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilib, o‘zi faoliyat olib borayotgan shifoxonadagi ayrim xodimlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bo‘lsa-da, mas’ullar tomonidan hech qanday chora ko‘rilmayotgani haqidagi murojaati tarqalgandi.

Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ushbu xabarlarga munosabat bildirib, uni tasdiqladi.

“Tegishli mutaxassislar tomonidan olib borilgan o‘rganish va surishtiruv ishlariga ko‘ra haqiqatan ham mazkur tibbiyot muassasasining reanimatsiya bo‘limida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlarining bir necha nafarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning dastlabki holatlari qayd etilganligi o‘z tasdig‘ini topgan”, deyiladi boshqarma xabarida.

Yuqoridagilarni inobatga olib, sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2020 yil 23 iyundagi 132-sonli buyrug‘iga asosan Navoiy viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining reanimatsiya bo‘limi karantinga yopilib, huquq tartibot xodimlari tomonidan qo‘riqqa olingan.

Shuningdek, muassasada faoliyat olib borayotgan boshqa barcha tibbiyot xodimlari, bemorlar hamda ular bilan yaqin muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar umumiy nazoartga olinib, karantin tartiblari qat’iylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

508

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing