Navoiyda psixotrop modda sotayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
12:49 1006 1 daqiqa
Navoiy viloyatining Konimex tumanida 1200 dona tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan vositalarni 6,9 mln so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan F.D. fuqaro Sh.X.ga besh turdagi xorijda ishlab chiqarilgan – jami 1200 dona tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan vositalarni 6,9 mln so‘mga sotayotgan paytda ushlangan.
Tezkor tadbir davomida uning Toshkent shahri, Shayxontohur tumanidagi uyidan 16 quti – 480 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida og‘irligi 1 kilogramm bo‘lgan “geroin” giyohvandlik moddasi savdosiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi