Navoiyda “maskalilar” fuqarolarni kaltakladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida maska taqqan shaxslar mahalliy aholini urgani haqida video tarqaldi. Navoiy viloyat IIB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 7 yanvar kuni Qiziltepa tuman IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabar asosida tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. Natijada 7 yanvar kuni soat 08:00 larda Qiziltepa tumani To‘dako‘l suv havzasida faoliyat olib boruvchi “Golden like fish” MCHJga tegishli baliqchilik bazasida ushbu korxonada o‘zaro shartnomada ko‘rsatilgan tartibda, ya’ni qora rangli liboslar kiyib yuzlariga niqob taqqan holda qo‘llarida rezina tayoqlar bilan xizmat olib borayotgan nazoratchi inspektorlar hamda To‘dako‘l suv havzasida baliq ovlash bilan shug‘ullanib keluvchi ovchilar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgani aniqlangan. Ushbu kelishmovchilik nazoratchi inspektorlar ovchilarni ichkariga kirishlari uchun pasport nusxasi talab qilgani va qora rangli liboslar kiyib yuzlariga niqob taqqan holda qo‘llarida rezina tayoqlar bilan xizmat olib borgani sabab yuz bergan. Ushbu holatdan “Golden like fish” MCHJga kelgan baliqchilar norozi bo‘lib, ushbu yollanma ishchilarning xizmat faoliyatiga to‘sqinlik qilib, jamoat tartibini buzgan.

Ta’kidlanishicha, qora rangli liboslar kiyib yuzlariga niqob taqqan holda qo‘llariga rezina tayoqlar bilan xizmat olib borayotgan nazoratchi inspektorlar shartnoma asosidagi yollanma fuqarolar, ichki ishlar xodimi emas. Ularning egnidagi libosi, vazirlik shevroni hamda rezina tayoqlarni qayerdan olganligi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Shuningdek, fuqarolar o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik, tartibuzarlik harakatlariga hamda  MCHJ rahbaryati xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.

Hozirda tartib buzarlik harakatlari hamda yuzaga kelgan janjal holati yuzasidan Jinoyat kodeksinig 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlariga kirishilgan.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209-1-moddasiga ko‘ra vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurganlik uchun qonunda javobgarlik belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy

Baholaganlar

1042

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing