Navoiyda korxona 1 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘g‘irladi

3-sahifa

image

Navoiy viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura shtabi tomonidan Navoiy viloyatining Nurota tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “O. Q.” MCHJga qarashli suv nasoslari hisoblagichining ulanish sxemasini o‘zgartirilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 12 million so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq ikki holat fosh etilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing