Navoiyda kon ishchisi xizmat avtomobili yonishi oqibatida vafot etdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli “Auminzo-Amantay” konida BELAZ 7513 avtosomasvali yonib ketgani, haydovchi kuyish jarohati olib vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Navoiy viloyati prokuraturasi holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 28 sentyabr kuni taxminan soat 17:00 larda, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tasarrufida bo‘lgan Markaziy kon boshqarmasiga qarashli, Avtomobil transporti boshqarmasida haydovchi bo‘lib ishlovchi 1991 yilda tug‘ilgan Y.Sh. MKBning “Auminzo-Amantoy” koni hududida o‘zigi biriktirilgan garaj raqami №631 bo‘lgan “Belaz” rusumli avtosomasvalda tog‘ jinslarini tashish vaqtida, avtosamosvalning old chap g‘ildirak shinasi yorilishi natijasida yong‘in kelib chiqqan.

Oqibatda yong‘in avtosomasval kabinasiga ham o‘tib, haydovchi Y.Sh. kuyish tan-jarohati olgan va unga Zarafshon shahrida joylashgan Tibbiy sanitariya qismida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. So‘ngra u Buxoro shahrida joylashgan RSHTYOIMga olib kelingan. Biroq, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, Y.Sh. 30 sentyabr kuni shifoxonada vafot etgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi 2-son IIB tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, sudga oid tibbiy va komission ekspertizalar tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Navoiy

Baholaganlar

316

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing