Navoiyda qurilishdagi ko‘tarma kran qulab tushdi

Jamiyat

image

Bugun soat 16:00larda Navoiy shahrida, ko‘p qavatli uylar qurilishida jalb etilgan kran qulab tushdi.

Viloyat hokimligi Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa Yoshlik mahallasida “Shohjahon shamshiri” MCHJ tomonidan olib borilayotgan qurilishda yuz bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kran boshqaruvchisi yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Holat bo‘yicha yana qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.

Avvalroq, Jizzaxda qurilayotgan ko‘p qavatli bino qulab tushgandi. Shundan so‘ng, binoning qolgan qismini ham buzish ishlari boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qurilish kran

Baholaganlar

240

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing