Navoiyda Qizil kitobga kiritilgan qushlar ovlangani aniqlandi
3-sahifa
−
15 dekabr 2020
8092Navoiy viloyatida Qizil kitobga kiritilgan “Zarafshon qirg‘ovul”lari ovlangani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.
Navoiy viloyati Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi Nazorat bo‘yicha inspeksiya hamda Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydda Buxoro viloyati Vobkent tumani “Uzbakom” MFYda yashovchi fuqaro A.A. tomonidan Qizitepa tumani “O‘rtacho‘l” massivi hududida ov yo‘llanmasi asosida 2 dona yovvoyi quyon hamda noqonuniy ravishda 3 (uch) dona O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan “Zarafshon qirg‘ovul”larini ovlaganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 94-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Tegishli hujjatlar Ma’muriy sud organlariga yuborilib, tabiatga 6 690 000 so‘m zarar yetkazilgani belgilangan.
LiveBarchasi