Navoiyda infokioskani o‘marib ketganlar qo‘lga tushdi (video)

3-sahifa

image

Navoiy viloyatining Navoiy shahrida infokioska qurilmasini o‘g‘irlab ketgan yigitlar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 5 avgust kuniga o‘tar kechasi yuzlariga niqob taqib olgan 25, 23, 21 yoshli yigitlar davlat raqami mavjud bo‘lmagan mashinada “Taraqqiyot” MFYda hoylashgan pul jo‘natish qurulmasini o‘g‘irlab ketgan. 

Aniqlanishicha, qurilma ichida 5 mln 263 ming so‘m pul mablag‘lari bo‘lgan. Olib borilgan qidiruv ishlari davomida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan 3 yigit navbatdagi o‘g‘rilikni amalga oshirmoqchi bo‘lgan bir paytda qo‘lga olingan. 

Ushbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida universitetning bitiruvchi bosqich talabalari bankomatdan 177 million so‘mni o‘g‘irlayotgan vaqtda qo‘lga olingandi. Holat yuzasidan sud ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzaobod tumani sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, 2 nafar talaba yigit Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi bilan aybdor deb topilib, ularga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy infokioska

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing