Navoiyda erkak daryoga cho‘kib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Navoiy viloyatining Karmana tumanida o‘rta yoshli fuqaro daryoga cho‘kib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16 iyul kuni Navoiy shahar “Tinchlik” MFYda yashovchi 32 yoshli fuqaro Karmana tumani “Kattamachid” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosiga cho‘milish maqsadida suvga tushib o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketgan.

Zudlik bilan hodisa joyiga FVB qutqaruvchilari yetib borgan. Suvda olib borilgan qidiruv ishlari natijasida fuqaroning jasadi soat 17:00 da cho‘kgan joyidan taxminan 10 metr uzoqlidan topilib, tegishli xizmatlarga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyul kuni ham aynan Zarafshon daryosida 15 yoshli bola cho‘milayotganda cho‘kib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy

Baholaganlar

534

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing