Navoiyda dahshatli YTH: 33 yashar haydovchi vafot etdi

Jamiyat

image

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida dahshatli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Natijada 33 yashar haydovchi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

YTH kecha, 14 iyun kuni soat 20:40 larda ro‘y bergan. Navoiy viloyati, Xatirchi tumani hududidan o‘tuvchi 4R-48 “Zarafshon trakti” avtomobil yo‘lining 135 kmda haydovchi 1987 y.t. X.M. “Skaniya” rusumli yuk transport vositasini “Xatirchi-Navoiy” yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi natijasida qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi 1994 yilda tug‘ilgan Sh.B. boshqaruvida bo‘lgan “Ford” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

Natijada, “Skaniya” rusumli yuk transport vositasi haydovchisi X.M. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. “Ford” rusumli transport vositasi haydovchisi Sh.B. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

437

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing