Dahshat! Navoiyda bobo qo‘lidagi nabirasi bilan 5-qavatdagi eskalatordan quladi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahridagi “Yangi hayot” savdo majmuasida bobo va nabira eskalatordan qulab tushgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 18 fevral kuni taxminan soat 20:30 da sodir bo‘lgan. Karmana tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan Sh.T. 3 yoshli nabirasi A.S. bilan Navoiy shahridagi “Yangi hayot” savdo majmuasiga borgan. 

Ular savdo majmuasining 5 va 4-qavat oralig‘idagi eskalatorda muvozanatni yo‘qotib, 1-qavatga tushib ketgan. Fuqaro Sh.T. voqea joyida vafot etgan. Tan jarohati olgan A.S. esa viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga yotqizilgan. 

Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

bobo nabira

Baholaganlar

779

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing