“Eng yaxshi bobo”. Tramp noodatiy video e’lon qildi (video)

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida oilaviy arxiv va ommaviy chiqishlar kadrlaridan yig‘ilgan ikki daqiqalik videoni joylashtirdi. Ushbu lavhalarda Oq uy rahbarining nabiralari bilan qanday vaqt o‘tkazishi tasvirlangan.

Xususan, videoda Trampning nabirasi bilan to‘p o‘ynayotgani, boshqa bir nabirasining pianino chalishini kuzatib turganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, Prezidentning nabirasi uni quvonch bilan kutib olayotgan kadrlar ham ko‘rsatilgan.

Videoda, shuningdek, kichik Donald Trampning qizi Kay Trampning nutqidan parcha keltirilgan. Unda Kay bobosi doimo uning maktabdagi muvaffaqiyatlari bilan qiziqib kelganini so‘zlab beradi.

Video 9 mingtadan ortiq repost yig‘gan. Donald Tramp ba’zi reaksiyalar bilan o‘zi ham bo‘lishgan. Masalan, u o‘z lentasiga bitta sharhni qayta joylashtirgan (repost qilgan).

“Nafaqat Prezident, Tramp – eng yaxshi bobo”, deyiladi unda.

“Business Insider” nashrining xabar berishicha, 2026 yil 6 aprel holatiga ko‘ra, Donald Tramp 11 nafar nabiraning bobosi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp nabira

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing