Navoiyda bemor bolaning onasini jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan shifokor ushlandi
3-sahifa
−
25 fevral 2022
40696Navoiyda farzandiga kasallik varaqasini berish uchun onasini jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan shifokor qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Nevrologiya bo‘limi mudiri vazifasida ishlagan K.R. tibbiyot xodimiga noloyiq xatti-harakatalarni sodir etib, o‘z shahvoniy hirsini qondirish maqsadida bo‘limda davolanish uchun yotgan ikkinchi guruh nogironi G.I.ning onasi T.L.ni farzandining davolangani bo‘yicha kasallik varaqasi (ko‘chirma)ni bir yarim oy davomida bermasdan kelgan, ayolning qarshiligiga qaramasdan kasallik varaqasini berish uchun u bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan.
Joriy yilning 12 fevral Navoiy viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Navoiy shahar Guliston-2 MFY 2-uyning beshinchi qavatidagi raqamsiz xonadonga K.R. o‘zi bilan T.L.ni olib kirgan vaqtida ushlangan.
Jinoyat Kodeksining 121-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi