Navoiyda aholi orasida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

2020 yil 4 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 35 nafarga ko‘payib, 3909 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Navoiy viloyatida aniqlangan. Shundan 27 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar, 8 nafari esa (6 nafari Navoiy shahrida, 1 nafardan Navbahor va Karmana tumanlarida) aholi orasida qayd etilgan.

Ayni paytda mamlakatda 3082 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Hozirda mamlakatda davolanayotgan 811 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

256

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing