Navoiyda 30 gektar yerni noqonuniy tarzda pullamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi
Olam
−
14 yanvar
2717Navoiy viloyatida 30 gektar yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan MCHJ rahbari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.N.” MCHJ rahbari J.A. korxonaga Nurota tumani hududidan ijara shartnomasi asosida ajratilgan 30 gektar yer maydonini fuqaro K.X.ga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 350 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov haraktlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent, Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida hokimlik yer maydonlarini pullamoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlangandi.
LiveBarchasi