Navoiyda 17 yosh qiz o‘z joniga qasd qildi
3-sahifa
−
15 aprel 2023
13029Navoiy viloyati Xatirchi tumanida 17 yoshli qiz ko‘p miqdorda dori ichib, komaga tushdi. Bu haqda viloyat prokraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 7 aprel kuni soat 14:10 larda viloyatning Xatirchi tumanida yuz bergan. Maktab o‘quvchisi S.A. o‘z yashash hovlisida ko‘p miqdorda dori iste’mol qilishi oqibatida sog‘lig‘i yomonlashgan. Shunday so‘ng u tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga olib kelingan.
Bemorning ahvoli og‘irlashgani uchun u Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialining jonlantirish bo‘limiga ko‘chirilgan. Bugungi kunda bemor koma holatida bo‘lib, shifokorlar tomonidan unga davo muolajalari olib borilayotgani aytilgan.
Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, sudga oid tibbiyot ekspertiza tayinlangan.
“Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 aprel kuni poytaxt Toshkentning Sergeli tumanida 27 yoshar ona o‘zi va uch nafar bolasini ko‘p qavatli uyning 9-qavatidan tashlab, vafot etgan edi.
LiveBarchasi