Navoiyda 15 yashar ikki bola kanalga cho‘kib ketdi

3-sahifa

image

Navoiy viloyatida 2011 yilda tug‘ilgan ikki bola kanalga cho‘kib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 2 iyul kuni soat taxminan 13:30 da voyaga yetmagan B.R. hamda S.A. “Beshrabot-Konimex” kanalining “Yangi obod” MFY Bunyodkor ko‘chasidan oqib o‘tuvchi qismiga sinfdoshlari bilan cho‘milish uchun borgan va cho‘kib ketib, vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida jinoyatga xos belgilar aniqlanmagan.

Sud tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, voyaga yetmagan B.R. va S.A. ning o‘limiga “yuqori nafas yo‘llarining suv bilan berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya” sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “Hududiy elektr tarmoqlari” Navbahor tuman bo‘limining tegishli mutaxassislari jalb qilingan holda fuqaro A.R. ga tegishli, kanal yonidagi dehqonchilik uchun mo‘ljallangan suv nasosi ishchi holatda kanalga tushirib ko‘rilganda suvda elektr ko‘rsatkichlari mavjud emasligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Navbahor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro Qoradaryo daryosida cho‘kib ketgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing