Navoiyda 15 yashar bola daryoda cho‘kib ketdi
3-sahifa
−
12 iyul 2022
9364Joriy yilning 5 iyul kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi 15 yoshli bola suvda cho‘kib, vafot edi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati QALAMPIR.UZʼga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “Azamat” MFYda yashovchi 15 yoshli bola “Yangiobod” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosiga cho‘milish maqsadida tushib, o‘z ehtiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketgan.
Ma’lumotga ko‘ra, 4 kishidan iborat g‘ovvos-qutqaruv guruhi bolani 3 kun mobaynida qidirigan. 8 iyul kuni uning jasadi topilib, daryodan olib chiqilgan va tegishli xizmatlarga topshirilgan.
Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini taqiqlangan joylarda, ya’ni daryo, kanal, anhor va ariqlarda cho‘milish hayot uchun xavfli ekanligi to‘g‘risida ogohlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 iyun kuni Samarqandda kanalda cho‘kib ketgan 16 yashar yigitning murdasi topilgan edi.