Samarqandda kanalda cho‘kib ketgan 16 yashar yigitning murdasi topildi

3-sahifa

image

Samarqandda 16 yoshli yigit kanalda cho‘kib ketdi. Uning jasadi kanaldan 8 kun deganda topildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 8 iyun kuni soat taxminan 12:00 larda Urgut tumani Raxmatobod mahallasidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosining chap qirg‘oq kanaliga shu mahallada yashovchi 2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan F.M. o‘z ehtiyotsizligi oqibatida tushib, cho‘kib ketgan.

Qidiruv ishlari natijasida, 16 iyun kuni soat 13:30 larda “Boybul” mahallasi hududidan o‘tgan “Jartepa” va “Panjikent” yo‘nalishini kesib o‘tuvchi “Yangi Darg‘om” kanalining o‘ng tomon qirg‘og‘idan F.M.ning murdasi tan jarohatlarisiz topilgan.

Shundan so‘ng, o‘lim sababini aniqlash uchun sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan, biroq marhumning ota-onasi va yaqin qarindoshlari holat yuzasidan biron bir kishiga da’vo va e’tirozlari yo‘qligini hamda ekspertizadan o‘tkazishga norozi ekanligini bildirgan.

Voyaga yetmagan F.M. o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida suvda cho‘kib, vafot etishi holatida biror-bir shaxsning harakati yoki harakatsizligida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli, Urgut tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

252

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing