Farg‘onada xandaq qazib turgan ishchi tuproq ostida qoldi
O‘zbekiston
−
17 May 2023 15854 1 daqiqa
Kecha, 16 may kuni Farg‘onada xandaq qazib turgan ishchini tuproq bosib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat Yozyovon tumani “Yuqori Soybo‘yi” mahallasida soat 11:50 da sodir bo‘lgan. Qutqaruvchilar tomonidan ko‘chib tushgan tuproq bir necha daqiqalarda olib tashlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi subpudratchi tashkilot xodimi bo‘lib, xandaq qazish vaqtida xavfsizlik qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. U tan jarohatlari olgan bo‘lsada, shifokorlarning fikriga ko‘ra, uning hayoti xavf ostida emas.
Nurmuhammad Fayzullayev
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr