Navoiyda 10 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi
Jamiyat
−
23 iyul 2019
4070O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019–2021 yillarda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Qarorga muvofiq, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolarning bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan etib belgilandi.
Qaror bilan Dasturni moliyalashtirish manbalari tasdiqlandi.
Shuningdek, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida jami 67 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi, bu orqali 710 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilandi.
Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish bo‘yicha belgilangan loyihalar orqali 7 630 nafar aholining bandligi ta’minlanishi nazarda tutildi.