Navoiy viloyatiga yangi soliqboshi tayinlandi

Jamiyat

image

Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ravshanjon Azimovich Nasimov Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ravshanjon Nasimov 1971 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1993 yilda inspektorlikdan boshlab, keyinchalik rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Soliq tizimida 24 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Ravshanjon Nasimov Samarqand viloyatining bir qator soliq inspeksiyalarida boshliq, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Davlat soliq qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.

U joriy yil mart oyidan beri Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Avvalroq, Azamat Bozorov Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Azamat Bozorov 1964 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. Davlat soliq xizmati organlarida turli lavozimlarda, jumladan, Navoiy viloyati Karmana tumani hamda Navoiy shahar davlat soliq inspeksiyalari boshlig‘i, Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida 2017 yil oktyabr oyidan beri ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy tayinlov Davlat soliq qo'mitasi

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing