Navoiy va Qashqadaryoda ikki erkak koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
03 avgust 2020
9937O‘zbekistonning ikki hududida koronavirusdan navbatdagi o‘lim holatlari qayd etildi. Mamlakatda rasman e’lon qilingan COVID-19 kasalligi qurbonlari soni 159 nafarga yetdi.
Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashagan 44 yoshli Sh.T. (erkak)da “COVID-19” tasdiqlangach, shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, epilepsiya kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan.
Bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasidan vafot etgan.
Yana bir bemor Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashagan 70 yoshli T.R. (erkak)da “COVID-19” tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Bemorga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi asoratlari bilan kechgan.
Bundan tashqari, bemor yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromidan vafot etgan.
LiveBarchasi