Navoiy aeroportida parvozlar soni 2,3 barobarga oshiriladi
Jamiyat
−
14:03 543 2 daqiqa
Navoiy xalqaro aeroportida amalga oshirilayotgan parvozlar soni 2,3 barobarga oshiriladi. Bu haqda Prezidentning kecha, 9 fevral kuni qabul qilingan “Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar Navoiy xalqaro aeroportida loyihaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish natijasida erishiladigan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib belgilandi:
2030 yilga borib:
- aeroportda amalga oshirilayotgan parvozlar sonini 2,3 barobarga oshirib, yiliga 7 mingtaga yetkazish;
- yo‘lovchi tashish hajmini yiliga 150 ming nafarga hamda yuk tashish hajmini 45 ming tonnaga yetkazish.
“Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ “Uzbekistan Airports” AJning markazlashgan operativ boshqarish tizimidan ajratilgan holda uning faoliyatiga loyihaviy boshqaruv tamoyillari joriy etiladi.
“Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ ijro etuvchi organiga quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqi beriladi:
- o‘z daromadlari hisobidan aviatsiya xizmatlari eksportini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha xizmatlar turlarini kengaytirish;
- havo kemalariga aviayonilg‘i quyish va xorijiy aviatashuvchilar tomonidan olib kelingan aviayonilg‘ini saqlash bo‘yicha jahon aviatsiya bozori kon’yunkturasiga mos tariflarni belgilash.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy xalqaro aeroporti “Uzbekistan Airports” AJning markazlashgan operativ boshqaruv tizimidan ajratilib, unga mahalliy va xorijiy aviakompaniyalar bilan yo‘lovchi va yuk tashish, tranzit hamda texnik qo‘nishlar bo‘yicha mustaqil muzokaralar olib borish hamda shartnomalar tuzish huquqi berilishi haqida xabar qilingan edi.
Live
Barchasi