Navoiy hokimining sobiq o‘rinbosari pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Navoiy shahar hokimining sobiq o‘rinbosari fuqaroni ishga kiritib qo‘yish evaziga qariyb 20 mln so‘m pul olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.Sh. fuqaro Sh.ni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 20 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Z.Sh.ning ko‘rsatmasiga asosan davom etgan tadbirda, joriy yilning iyul oyiga qadar Navoiy shahar hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan T.A. fuqaro Sh.ga o‘zini go‘yoki hokim o‘rinbosari deb tanishtirib, o‘zida saqlab qolgan xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, uni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 19,6 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

290

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing