Navbatdagi jang 5 mart kuni – Yan UFC bilan yangi shartnoma tuzdi

Sport

image

UFC super yengil vazn toifasi jangchisi Petr Yan o‘zining Instagram’dagi sahifasida tashkilot bilan yangi shartnoma imzolaganini ma’lum qildi. Rossiyalik sportchining fikricha, u navbatdagi jangini 2022 yilning 5 mart kuni o‘tkazadi.

“Bugun UFC bilan 6 ta jang uchun yangi shartnoma imzoladim. Navbatdagi jang 5 mart kuni Las-Vegasda kamar himoyasi uchun bo‘ladi”, deya yozgan Yan.

Eslatib o‘tamiz, Yan 2021 yil 7 mart kuni UFC 259 turniridan o‘rin olgan Aljameyn Sterlingga qarshi jangning to‘rtinchi raundida taqiqlangan tizza zarbasi yo‘llagan. Shu sababli g‘alaba Sterlingga berilgan va Petr chempionlik kamaridan mahrum bo‘lgan edi. Jang to‘xtagan paytda Yan ochkolar hisobiga ko‘ra oldinda borayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Yan so‘nggi jangini UFC 267 musobaqasida Kori Sandhagenga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan. Shundan so‘ng u super yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempion unvonini qo‘lga kiritgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Yan Sendxagen Sterling

Baholaganlar

23

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing