Namanganda bandlik markazi mansabdorlari 216 mln so‘mni talon-toroj qildi

Jamiyat

image

Namanganda aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mansabdor shaxslari ko‘p miqdorda byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki suritshtiruvlarda Namangan tumanidagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mansabdor shaxslari tomonidan markazga ish so‘rab murojaat qilmagan va ishsizlar ro‘yxatiga kiritilmagan 204 fuqaroning jamoat ishlariga jalb etilgani haqida soxta hujjatlar tuzish orqali jami 216,2 million so‘m byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan markaz mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

So‘nggi vaqtlarda hududlarda davlat idoralari xodimlarining byudjet mablag‘ini o‘marishi hollari afsuski ko‘paydi. Achinarlisi, bunday ishlar pandemiya vaqtida vaziyatni ichkaridan biladigan Sanitariya emidemiologiya markazlari mas’ullari tomonidan ham amalga oshirilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

byudjet talon-toroj

Baholaganlar

125

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing