Navbatdagi karikatura mojarosi. Turkiya Fransiya nashrini sudga berdi
Olam
−
28 Oktabr 2020
13104Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Fransiyaning “Charlie Hebdo” satirik jurnalida o‘zining karikaturasi e’lon qilingani sabab nashrni sudga berdi. Bu haqda TRT telekanali ma’lum qilmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, Erdo‘g‘anning nomidan jurnal rahbariyatiga qarshi Anqara prokuraturasi da’vo qo‘zg‘agan. Uning bayonotida nashr etilgan karikatura jurnalistikaning axloqiy tamoyillariga, "so‘z erkinligi" va tushunchasiga mos kelmaydi. Bundan tashqari, Turkiya Prezidentining sha’ni va qadr-qimmatini poymol etadi.
Avvalroq, Fransiyaning “Charlie Hebdo” haftalik hajviy jurnalining navbatdagi sonida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning karikaturasi bosilgani haqida xabar bergan edik.
Rasmiy Anqara Erdo‘g‘anning karikaturasi jurnalda e’lon qilinishini jirkanch harakat deb baholadi. Turkiya Prezidenti administratsiyasi bu karikatura nosog‘lom muhit mahsuli ekanini ta’kidladi.
LiveBarchasi