Navbat otagami? Nazarboyevning lavozimdan ketishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi
Olam
−
02 may 2020
28212Avvalroq, Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senati raisi Darig‘a Nursultonovna Nazarboyevaning vakolatlari tugatilgani haqida xabar bergan edik.
Shundan so‘ng internetda Qozog‘istonning birinchi Prezidenti, elboshi Nursulton Nazarboyevning Respublika Xavfsizlik Kengashi raisi lavozimidan iste’foga chiqishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bugun, 2 may kuni Nazarboyevning matbuot kotibi vakili Aydos Ukibay ushbu xabarlarning barchasi yolg‘on ekanligini ma’lum qildi.
Shu kuni ijtimoiy tarmoqlarda Nursulton Nazarboyev Xavfsizlik Kengashi raisi lavozimidan iste’foga chiqishi va yangi prezident saylovlari haqida gaplashayotgani haqida videoyozuv tarqaldi.
“Sizga shuni aytmoqchimanki, “Elboshi bayonoti” deb nomlangan video soxta. Bu ishni qilganlar javobgarlikka tortiladi. Iltimos, bunday yangiliklardan ehtiyot bo‘ling va rasmiy manbalardagi ma’lumotlarga suyaning” deb yozdi Ukibay Twitter’dagi o‘z sahifasida.
Ma’lumot o‘rnida, Nursulton Nazarboyev 1991 yilning 21 avgust kunidan Qozog‘iston Xavfsizlik Kengashi raisi sifatida faoliyat yuritib keladi.
LiveBarchasi