Navbat Belarusga: urush boshlanganidan beri birinchi marta uning hududiga dron hujumi uyushtirildi

Olam

image

Belarusning Gomel viloyati hududiga kamikadze dronlari hujum qildi. Bu haqda “Mash” nashri hamda bir qator Belarus ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, dron hujumi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan amalga oshirilgan. Hujum oldindan ko‘zlanib, asosiy nishon Gomel viloyatidagi “Drujba” neft quvuri bo‘lgani aytilmoqda.

Joriy yil may oyining oxirida Belarus chegara qo‘riqchilari osmonda dron dvigatelining ovozini eshitib, unga o‘q uzgan. Dronga biriktirilgan snaryad portlab ketgan. Portlash joyidan mutaxassislar dron qoldiqlarini topgan. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar yo‘qligi ma’lum qilingan.

Mazkur ma’lumotlar faqat Belarus va Rossiya nashrlari tomonidan berilayotganini inobatga olgan holda ularning to‘g‘riligi hozircha tasdiqlanmadi. Ukraina tomoni esa bunga munosabat bildirganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya o‘zining taktik-yadroviy qurollarini Belarus hududiga joylashtirish rejasini e’lon qilgan bo‘lib, bu bo‘yicha ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. Kuni kecha Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatga nisbatan tajovuz bo‘lsa, ikkilanmay mazkur yadroviy qurollardan foydalanilishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing