“Navbahor” O‘zbekiston MTJ a’zosini o‘z safiga qo‘shib oldi

Sport

image

Namanganning “Navbahor” jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Muhammadqodir Hamraliyevni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

27 yoshli himoyachi “lochinlar” safiga Toshkentning “Paxtakor” jamoasi tarkibidan kelib qo‘shildi. Hamraliyevning namanganliklar bilan tuzgan shartnoma tafsilotlari ochiqlanmagan. 

Ma’lumot uchun, Hamraliyev faoliyati davomida “Dinamo” (Samarqand), “Olimpik” (Toshkent) va “Paxtakor” saflarida to‘p tepgan.

Muhammadqodir Hamraliyev 2023 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, u 2021–2024 yillarda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida ham maydonga tushgan.

Shu tariqa, “Navbahor” tarkibiga yana bir O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi kelib qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Temur Kapadze boshchiligidagi “Navbahor” O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abdulla Abdullayev va Jasur Jaloliddinovlarni o‘z safiga qo‘shib olgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing