Navbahor Hamidova prof boksda ilk jangida g‘alaba qozondi
Sport
−
27 dekabr 1703 1 daqiqa
Kecha, 26 dekabr kuni Toshkent shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. “Humo arena” mezbonlik qilayotgan boks oqshomida boks bo‘yicha JCH finalchisi, 3 karra Osiyo chempioni Navbahor Hamidova prof boksdagi debyut jangida g‘alaba qozondi.
Ushbu jangda Navbahor Hamidovaga o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Odinaxon Ismoilova raqiblik qildi. Jang muddatidan oldin yakunlandi. Ikkinchi raundda Hamidova raqibasini texnik nokautga uchratdi. Shu tariqa, Hamidova prof boksdagi yurishini g‘alaba bilan boshladi.
Ma’lumot uchun, Navbahor Hamidova joriy yilning sentyabr oyida Angliyaning Liverpul shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.