Navalniyning jasadi onasiga topshirildi
Olam
−
24 fevral
20708Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning jasadi onasi Lyudmila Ivanovnaga topshirildi. Bu haqda siyosatchining matbuot kotibi Kira Yarmish ma’lum qildi.
Yarmishning yozishicha, hukumat marosimni oilasi xohlaganidek va Alekseyga munosib tarzda amalga oshirishga xalaqit beradimi yoki yo‘qmi, bu hozircha noma’lum.
Avvalroq, Aleksey Navalniyning o‘limi sabablari bilan shug‘ullanayotgan tergovchi uning onasi Lyudmila Navalnayaga qo‘ng‘iroq qilib, ultimatum qo‘ygani, jumladan, 3 soat ichida yashirin dafn marosimi o‘tkazishi yoki Aleksey koloniyada ko‘milishini aytgani haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, Navalniyning koloniyada vafot etgani haqida 16 fevral kuni e’lon qilingan. Kira Yarmishning yozishicha, Navalniy onasiga ko‘rsatilgan o‘lim haqidagi tibbiy xulosada uning o‘limi sabablari tabiiy ekani aytilgan.
Siyosatchining o‘limi sabablari haqida hozircha rasmiy bayonotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq rossiyalik muxolifatchi Navalniyning jasadi yana 14 kun davomida "kimyoviy ekspertiza"dan o‘tkazilishi ma’lum bo‘lgandi.
Shundan so‘ng, Navalniyning onasi Putinga murojaat qilib, o‘g‘lini oxirgi marta ko‘rishga ruxsat berishini so‘ragandi.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi