Navalniyning onasiga o‘g‘lining jasadi berilmadi
Olam
−
17 fevral
16339Avvalroq, Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyning onasi Lyudmila Ivanovna o‘g‘li vafot etgan Xarp qishlog‘idagi qamoqxonaga borgani haqida xabar bergandik.
Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmishning yozishicha, Lyudmila Ivanovnaga o‘lim guvohnomasini berishgan, biroq siyosatchining jasadi Salexarddagi o‘likxonada ekani aytilgan.
"Yamal-Nenetsk avtonom okrugidagi 3-sonli axloq tuzatish koloniyasi rahbariyati Aleksey Navalniyning jasadi Salekxard o‘likxonasida ekanligini aytdi. Siyosatchining onasi u yerga kelganida, ularda jasad yo‘qligini aytishdi", deb yozgan Kira Yarmish ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Lyudmila Ivanovna advokati bilan birga qamoqxonadagilar aytgan o‘likxonaga borganda, u yer yopiq ekanini ko‘rgan. Kira Yarmish o‘likxona yopiqligi aks etgan suratni ham e’lon qildi.
Matbuot kotibining bildirishicha, Salekxardning Tergov qo‘mitasi ularga "Alekseyning o‘limi sababi aniqlanmagani, takroriy gistologik tekshiruv o‘tkazilishini" aytgan.
“Uning natijalari esa kelasi haftada chiqsa kerak. Ko‘rinib turibdiki, ular yolg‘on gapiryapti va jasadni topishirmaslik uchun qo‘lidan kelganini qilishmoqda”, deydi Yarmish.
Navalniyning advokati yopiq eshikda qoldirilgan telefon raqamiga ko‘ng‘iroq qilganda esa siyosatchining jasadi bu o‘likxonada saqlanmayotgani bildirilgan. Morgdagilar Navalniyning jasadini so‘rab bugunning o‘zida yetti kishi qo‘ng‘iroq qilganini qo‘shimcha qilgan. Ushbu holatlarni jamoatchilikka yetkazgan Kira Yarmish o‘z videomurojaatida siyosatchinining jasadi zudlik bilan oilasiga berilishini talab qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 16 fevral kuni Rossiya hukumati muxolifatchi Aleksey Navalniy qamoqda vafot etganini e’lon qildi. Shundan so‘ng bir qator dunyo siyosatchilari, jumladan AQSH Prezidenti Jo Bayden ham Navalniyning o‘limi uchun Putinni aybladi.
LiveBarchasi