Navalniy YeIni Usmonov va Abramovichga qarshi sanksiya joriy qilishga chaqirdi

Olam

image

Rossiyadagi Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi Aleksey Navalniy Yevropa Ittifoqiga mamlakatdagi yirik milliarderlarga qarshi sanksiya joriy qilish taklifini bildirdi

Muxolifat vakili Yevropa Parlamentining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida nutq so‘zlab, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin deb hisoblanuvchi boylarni “qora ro‘yxat”ga kiritishni taklif qilgan.

Navalniyga ko‘ra, YeI taqiqlarning yangi turini qo‘llashi kerak – “real pullarga qarshi real sanksiyalar”. Cheklovlar faqatgina eski oligarxlarga emas, yangilariga ham ta’sir qilishi kerak.

“Janob [Alisher] Usmonovning eng qimmat yaxtalari goh Barselona, goh Monako portida turganida Rossiyada va Kremlda hech kim Yevropa sanksiyalarini jiddiy qabul qilmaydi. Shunchaki Usmonov, [Roman] Abramovich va [Arkadiy] Rotenberg va boshqalarga aytinglar: “Yaxtalaringizni olib, ularni Belarusning yoqimli portlariga joylashtiring”, degan Navalniy yevroparlament vakillariga qarata. 

Uning fikricha, bunday saksinyalarni Rossiya aholisning 99 foizi qo‘llab-quvvatlaydi.

Navalniy YeIning Rossiya maxsus xizmatlari rahbarlariga qarshi sanksiyalari kam samara beradi, deb hisoblayapti. Negaki ular Yevropa banklarida hisob raqami ochmagan va mol-mulklari ham kam. Fond asoschisi YeIga 2021 yilda Rossiya Davlat Dumasi uchun o‘tkaziladigan saylovlarda nomzodlardan birining ishtirok etishi taqiqlansa, uning natijalarini tan olmaslikka chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Navalniy zaharlanganidan keyin Germaniyada davolanyapti. Yevropa Ittifoqi uning zaharlanishiga aloqador olti rossiyalik va bir tashkilotga qarshi sanksiya joriy qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov Aleksey Naval'niy Roman Abramovich

Baholaganlar

399

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing