Navalniy Peskovni sudga berdi

Olam

image

Rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskovni sudga berdi. Bu haqda “Kommersant’” nashri xabar tarqatdi.

Ish kartasi Moskvadagi umumiy yurisdiksiya sudlarining rasmiy portalida e’lon qilindi. Da’vo 16 noyabr kuni ro‘yxatdan o‘tkazildi, ariza uchun davlat boji 13 noyabrda to‘langan.

Ish toifasida “198 – fuqarolar va yuridik shaxslarga nisbatan sha’ni, qadr-qimmati, ishbilarmonlik obro‘’sini himoya qilish to‘g‘risida” deb ko‘rsatilgan. Hujjatdagi ma’lumotlarga ko‘ra, da’vo arizasi hozirda sud’yada. Arizani kim ko‘rib chiqishi aniqlanmagan.

Oktyabr oyi boshida Peskov Navalniy bilan AQSHning Markaziy razvedka boqsharmasi xodimlari ishlayotgani va unga ko‘rsatmalar berayotganini aytgandi. Kreml vakili muxolifatchining zaharlanishida Rossiya rahbariyatining qo‘li borligi haqidagi so‘zlarini shunday izohlagandi.

Navalniy esa Peskovni sudga berishini aytgandi. Shuningdek, u amerikalik agentlar bilan ishlayotgani haqidagi dalillarni ko‘rsatishni so‘ragan. Bunga javoban Peskov Navalniyga bayonotini qayta o‘qishni tavsiya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Peskov Aleksey Naval'niy

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing