Navalniy birinchi marta “Qutb bo‘risi”dan ko‘rinish berdi
Olam
−
10 yanvar
7920Bugun, 10 yanvar kuni rossiyalik muxolifatchi, Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniy ilk marta “Qutb bo‘risi” maxsus rejimli koloniyasidan turib, video havola orqali sud majlisida qatnashdi. Bu haqda “Mediazona” xabar berdi.
“Janobi oliylari, ko‘z yoshlarim yonog‘imdan oqmoqda – barchangizni ko‘rganimdan juda xursandman. Menga aziz Kovrov sudi, qadrli ayblanuvchilar, hurmatli himoyachilarim va hurmatli kotibim sizni ko‘rganimdan bag‘oyat shodman”, degan Navalniy kinoya bilan Vladimir viloyati Kovrov shahar sudi majlisida.
Kovrov sudi siyosatchining yaqin vaqtgacha o‘zi ushlab turilgan 6-axloq tuzatish koloniyasiga qarshi ikkita da’vosini ko‘rib chiqishi kerak edi. Uchrashuv avvalida siyosatchi unga hech qanday da’vo bo‘yicha materiallar berilmaganini aytib o‘tdi. U suddan da’volaridan faqat bittasini ko‘rib chiqishni so‘radi. Bu Navalniy qalamini olgan inspektorga “nopok so‘zlarni aytgani” uchun 12 kunga jazo kamerasiga jo‘natilgani haqidagi ish edi. Sud siyosatchining iltimosini qo‘llab-quvvatladi.
“Yaxshi, men inspektorni iblis yoki qamoqdagi shayton demasligim kerak edi. Xo‘sh, tan olaman, men bu yerda haddan oshib ketdim – hech kimni bunday atash kerak emas. Ammo vaziyatga ko‘ra, shaxsni bunday chaqirganim uchun 12 kunlik jazo kamerasiga yuborish noqonuniy hisoblanadi”, deb tushuntirdi Navalniy.
Biroq, sudya Kirill Nikiforov uning da’vosini rad etdi.
Tanaffus paytida esa muxolifatchi koloniyaga kelgan xatlar hali unga yetib bormaganini bildirdi.
Ma’lumot uchun, Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi “Qutb bo‘risi” koloniyasiga ko‘chirilishidan oldin, Aleksey Navalniy Vladimir viloyatining Melexovo qishlog‘idagi 6-axloq tuzatish koloniyasida bo‘lgan. Dekabr oyi boshida uning sheriklari deyarli uch hafta davomida siyosatchi bilan bog‘lana olmagan. Muxolifatchining qayerda ekani 25 dekabrgacha, uning Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi 3-axloq tuzatish koloniyasiga o‘tkazilgani haqida ma’lumot paydo bo‘lguniga qadar ma’lum bo‘lmagan.
9 yanvar kuni Navalniy ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining Yamal koloniyasidagi jazo kamerasida ekani haqidagi postini e’lon qildi.
“Putin meni Uzoq Shimoldagi kazarmaga qamab qo‘yganidan qanoatlandi, endi esa meni jazo kamerasida ta’qib qilishni bas qiladi, degan fikr nafaqat qo‘rqoqlik, balki soddalik ham edi”, degan Navalniy.
Uning yozishicha, karantindan chiqishi bilanoq, Navalniy “forma bo‘yicha o‘zini tanishtirishdan bosh tortish va tarbiyaviy ishlarga javob bermaslik vaji bilan 7 kun davomida jazo kamerasida saqlangan.
Rossiya Federatsiyasida Navalniyning jinoiy ta’qib qilinishi
Aleksey Navalniy 2021 yil fevralida Iv Rocher ishi bo‘yicha firibgarlikda aybdor deb topilgach, qamoqxona koloniyasiga jo‘natilgan. Keyin siyosatchi 2 yil-u 8 oyga ozodlikdan mahrum etildi. 2022 yil mart oyida Navalniy yana firibgarlikda, keyin esa sudyani haqorat qilishda aybdor deb topilib, 9 yilga qattiq tartibli koloniyaga (jinoyatlar birikmasi uchun) jo‘natilgan edi.
2023 yil avgustida Navalniy Moskva shahar sudi tomonidan “ekstremistik jamiyat” tashkil etganlikda ayblanib, maxsus rejimli koloniyada 19 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Rasmiylarga ko‘ra, u asos solgan Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi “ekstremistik jamiyat” sifatida ko‘rilgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15