NATOning Belgoroddagi hujumlarga aloqasi yo‘q – Stoltenberg

Olam

image

Kecha, 15 iyun kuni Ukraina Qurolli Kuchlari Belgorod viloyatining Shebekinskiy tumaniga qarata 19 marta snaryadlar bilan zarba berdi. Bu haqda viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

Voqealar fonida NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg alyansning Belgorod viloyatidagi sabotaj va razvedka guruhlari hujumlarida ishtirok etmasligini va Ukraina Qurolli Kuchlarining Rossiyaga qarshi hujumga o‘tishini ma’qullamasligini aytib o‘tdi. 

Shuningdek, Bosh kotib alyans davlatlari Kiyevni qo‘llab-quvvatlab, Ukrainaga o‘z hududlarini himoya qilishda yordam berishini va NATOga a’zo davlatlarning o‘zlari Ukraina bilan qurol yetkazib berish muddati bo‘yicha muzokara olib borishi kerakligini qayd etdi.

“Ammo ular [alyansga a’zo davlatlar] qurol-yarog‘ yetkazib berish Ukraina hududini ozod qilishga qaratilganini bir necha bor ochiq aytgan”, deya ta’kidladi Stoltenberg.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “The Wall Street Journal”ga bergan intervyusida bir qator NATO davlatlari Rossiyadan qo‘rqib, Ukrainani ittifoqqa qo‘shishni istamayotganini aytib o‘tgandi.

Avvalroq Stoltenberg mojaro paytida Ukrainaning alyansga kirishini istisno qilgan, biroq Kiyev uchun ittifoq eshiklari ochiqligini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, blokning barcha a’zolari harbiy harakatlar tugaganidan keyin Ukrainani NATOga qabul qilishga tayyor. 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammitda barcha ittifoqchilar Ukraina alyansga a’zo bo‘lishiga rozi bo‘lishiga ishonch bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg NATO-Ukraina komissiyasining yig‘ilishida alyans davlatlarini Kaxovka GESi to‘g‘onining buzilishi oqibatida yuzaga kelgan ekologik ofat tufayli Kiyevga shoshilinch gumanitar yordam ko‘rsatishga chaqirgandi. Shuningdek, Ukraina Qurolli Kuchlari bir kun ichida Belgorod viloyatini 500 martadan ortiq o‘qqa tutgandi. Belgorod gubernatori Vyacheslav Gladkov Shebekinskiy tumanida 460 dona turli xil o‘q-dorilar otilgan, uchuvchisiz samolyotlardan 26 ta portlovchi moslama tashlanganini ta’kidlagan edi.

Ibrohimjon G‘afforov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

NATO Ukraina Belgorod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing