NATOning 4 ta davlati uzoq masofali raketalarni birga ishlab chiqarishga kelishib oldi

Olam

image

Bugun, 11 iyul kuni AQSHning Vashington shahridagi NATO sammiti doirasida Fransiya, Germaniya, Italiya va Polsha uzoq masofaga uchuvchi qanotli raketalarni birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Kelishuvga ko‘ra, raketalar 500 kilometrdan ortiq masofaga ucha oladigan qilib ishlab chiqariladi. Mamlakatlar Mudofaa vazirlari tomonidan bu borada kelishuv hujjatiga imzo chekilgan.

Biroq Germaniyaning “Frankfurter Allgemeine Zeitung” gazetasi raketalar 1000 kilometrdan ortiq masofaga ucha olish qobiliyatiga ega bo‘lishini yozgan. AQSH esa 2026 yildan e’tiboran Germaniyaga uzoq masofali qurollarni joylashtirishni boshlaydi.

“Raketalar Germaniya hududidan Rossiya nishonlariga yetib borishi reja qilinmoqda”, deya yozgan gazeta.

Italiya ommaviy axborot vositalarining aniqlik kiritishicha, Vashingtonda imzolangan hujjat quruqlik mudofaasini kuchaytirishga qaratilgan.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg avvalroq aytganidek, iyul oyidagi NATO sammitining asosiy mavzusi Ukraina uchun qurol-yarog‘ yetkazib berish va harbiy tayyorgarlik bo‘ladi. Alyans Bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, sammitda Ukraina Qurolli kuchlariga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha qaror qabul qilinishi reja qilingan. Sammit bugun o‘z nihoyasiga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya NATO Frantsiya raketa Pol'sha Italiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made