NATOning 16 davlati yagona sun’iy yo‘ldosh razvedka tarmog‘ini yaratadi
Olam
−
16 fevral 2023
2934Kecha, 15 fevral kuni NATOning 16 davlati, shuningdek, Shvetsiya va Finlyandiya umumiy sun’iy yo‘ldosh razvedka tarmog‘ini yaratish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda alyans saytida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, umumiy tarmoq NATO mamlakatlari o‘rtasida sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini yig‘ish, almashish va tahlil qilishni soddalashtiradi, shuningdek alyansning kosmik razvedka vositalarini mustahkamlaydi.
Shartnoma “Alyansning koinotdan doimiy kuzatuvi” deb ataladi. Tarmoq 2025 yilda ishga tushadi. Lyuksemburg allaqachon loyihani moliyalashtirish uchun yaratilgan jamg‘armaga 16,5 million yevro ajratgan.
“Ushbu loyiha bizning razvedka vositalari to‘plamini to‘ldiradigan fuqarolik-harbiy hamkorlikning ajoyib namunasidir”, deydi NATO bosh kotibi o‘rinbosari Mircha Joane.
Shartnomani Belgiya, Bolgariya, Kanada, Finlyandiya, Fransiya, Gretsiya, Vengriya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Ruminiya, Ispaniya, Shvetsiya, Turkiya, Buyuk Britaniya va AQSH imzolagan.
LiveBarchasi