NATO Zaporoje AESda bo‘lajak terakt haqida ma’lumotga ega emas
Olam
−
05 iyul 2023
2950NATO Zaporojedagi atom elektr stansiyasiga bo‘lajak hujum haqida ma’lumotga ega emas. Bu haqda bugun, 5 iyul kuni NATO Bosh kotibi o‘rinbosari Mircha Joana “Digi24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Men ikkala tomonning bayonotlarini ko‘rdim. Bizning nuqtai nazarimizdan, bunday xatti-harakatlarning muqarrarligini tasdiqlaydigan hech qanday ma’lumot yo‘q. Shuningdek, Xalqaro atom energiyasi ageniligi inspektorlari ham garchi AESga kirish imkoniga ega bo‘lmasalarda, ayrim ma’lumotlarni taqdim etdi. Biz bu bayonotlardan xavotirdamiz, ammo ma’lumotlarimiz nuqtai nazaridan, hozirda bevosita tahdidni ko‘rmayapmiz", degan alyans vakili.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 iyul kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik harbiylar Zaporoje atom elektr stansiyasining bir nechta energobloklari tomiga “portlovchi moddalarga o‘xshash buyumlar” o‘rnatganini aytgandi. Xalqaro atom energiyasi agentligi xodimlari esa Zaporoje AESida Zelenskiyning da’volarini tasdiqlaydigan hech qanday alomatlarni aniqlay olmadi. Rossiya tomoni esa ukrainalik harbiylar stansiyaga uzoq masofali aniqlikdagi qurollar va dronlardan foydalangan holda zarba berish niyatida ekanini da’vo qildi.
LiveBarchasi