NATO Vilnyus sammitida yangi mintaqaviy mudofaa rejalarini tasdiqlaydi

Olam

image

NATO Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammitda yangi mintaqaviy mudofaa rejalarini tasdiqlaydi. Bu haqda bugun, 7 iyun kuni Vashingtondagi Yangi Amerika xavfsizligi markazida bo‘lib o‘tgan seminarda so‘zga chiqqan AQSHning NATOdagi doimiy vakili Julianna Smit ma’lum qildi.

“Ayniqsa, jilovlash va mudofaa nuqtai nazaridan biz yangi mintaqaviy rejalarni ishlab chiqamiz. Bu muhim, chunki biz NATO hududining har bir dyuymini himoya qilish rejalariga ega bo‘lamiz. Shuningdek, ular kibermakon kabi ko‘plab sohalarni qamrab oladi va bizda asl rejalar bilan birgalikda yangi qo‘mondonlik va boshqaruv tuzilmasi paydo bo‘ladi”, deydi diplomat.

Mazkur tadbirda qatnashgan NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ham  11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammitdan so‘z ochgan. Uning aytishicha, mazkur sammitda barcha ittifoqchilar Ukraina alyansga a’zo bo‘lishiga rozi bo‘ladi.

Shuningdek, Stoltenberg, hozirgi ustuvor masala Ukrainaning NATOga kirishi emas, balki Rossiya bilan bo‘lgan mojaroda ushbu davlatning g‘alaba qozonishi ekanini ham ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 may kuni Kopengagendagi “Demokratiya sammiti”da ham Yens Stoltenberg Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammitda alyans a’zolaridan Ukraina ittifoqqa qo‘shishga rozi bo‘lishini kutishini bildirgandi. O‘tgan hafta Oslo (Norvegiya)da bo‘lib o‘tgan NATO Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida esa Ukrainaga alohida maqom berilishi aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO sammit Vil'nyus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing