NATO “Vagner” bilan bog‘liq vaziyat tufayli Shoygu bilan bog‘landi – “La Republica”

Olam

image

NATO yadroviy voqea sodir bo‘lishidan qo‘rqadi, shu sababli alyans va Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner” bilan vaziyat bo‘yicha "norasmiy muloqot" o‘tkazdi. Bu haqda bugun, 25 iyun kuni “La Republica” gazetasi xabar berdi. 

“Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu eng ishonchli suhbatdosh sanaladi”, deyiladi xabarda. 
Aytilishicha, AQSH Prezidenti Jo Bayden va Yevropaning yetakchi davlatlari va hukumatlari rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralarning asosiy mavzulari aynan keskinlashuv xavfidan qochish va yadroviy hodisaning oldini olish bo‘lgan. 

Gazetaning yozishicha, NATOning diqqati darhol foydalanishga tayyor bo‘lgan 1400 dan ortiq yadro kallaklariga qaratilgan. Nashr mualliflariga ko‘ra, G‘arb isyonchilar tomonidan qilinayotgan harakatlarda o‘z kuchlari hech qanday rol o‘ynamasligini zudlik bilan bildirmoqchi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 iyun kuni “Vagner” jangchilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini egallab olgandi. Prigojin Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov “Vagner”ga topshirilishini so‘ragan va Moskvagacha borishini bildirdi. Bu orada Moskvada ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati esa Prigojinga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Kechga borib Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan kelishilgan holda “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin bilan muzokara olib borgani ma’lum bo‘ldi. Muzokaralar yakunida Rossiya hududida qurolli kuchlar harakatini to‘xtatish va keskinlikni yumshatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Prigojin ham Moskvaga ketayotgan qo‘shinlari ortga qaytarilganini ma’lum qildi.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinke Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba, G7 Tashqi ishlar vazirlari va Yevropa Ittifoqi Tashqi siyosati rahbari Jozep Borrel bilan telefon orqali muloqotda Rossiyadagi vaziyatni muhokama qildi. 

AQSH Prezidenti Jo Bayden esa Britaniya, Germaniya va Fransiya yetakchilari Rishi Sunak, Olaf Shols va Emmanuel Makron bilan Rossiyadagi vaziyatni muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya Vagner Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing