NATO va Rossiya urushgan taqdirda Polsha yo‘q bo‘lib ketadi – Medvedev

Olam

doc_2023-04-14_19-44-06

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiyning NATO Rossiyaga qarshi potensial urushda tezkor g‘alabaga erishishi haqidagi bayonotiga izoh berdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Medvedev bunday urush sodir bo‘lsa, Polsha davlati yo‘q bo‘lib ketishiga ishonishini yashirib o‘tirmagan. 

“Men bunday urushda kim g‘alaba qozonishini yoki yutqazishini bilmayman, lekin Polshaning Yevropada NATOning posti sifatidagi rolini hisobga olsak, bu mamlakat o‘zining ahmoq bosh vaziri bilan birga yo‘q bo‘lib ketadi”, deb yozadi u Twitter'dagi sahifasida. 

Medvedev o‘z tvitini ingliz va polyak tillarida taqdim etgan. 

Ta’kidlash joizki, Medvedevning bunday bayonotlari yangilik emas. U yaqinda Ukraina prezidentini “yashil ishton kiygan masxaraboz” deb atab, uning mamlakati hech kimga kerak bo‘lmagani uchun yo‘q bo‘lib ketishga mahkum ekanini yozgandi. Avvalroq u Yevropa Rossiyani bo‘lib tashlamoqchi ekanini iddao qilgan, shuningdek, dunyoda yadroviy urush xavfi ortib borayotganini bashorat qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya Pol'sha Medvedev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing