G‘arb Rossiyani bo‘lib tashlamoqchi – Medvedov
Olam
−
23 mart 2023
9004Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev G‘arb Rossiyadagi siyosiy vaziyatni beqarorlashtirib, mamlakatni qismlarga bo‘lib tashlash niyatida ekanini aytdi.
“Ularga ulkan hududi va jiddiy yadro qalqoni bo‘lgan, hatto amerikaliklarga bo‘ysunmaydigan bunday davlat nega kerak? Mutlaqo kerak emas. G‘arbning istagi juda oddiy: siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, mamlakatni qismlarga bo‘lib tashlash, bu qismlarning har biri bilan muzokaralar olib borib, ularni yadrosizlantirish va demilitarizatsiya qilish. Keyin ular kelib, bu qismlarni himoya qilish uchun o‘z xizmatlarini taklif qiladi”, degan Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari.
Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, bunday bo‘laklar milliy boyliklarni taqsimlash sharti bilan NATOga a’zo bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Shunday ekan ularning niyati tushunarli”, deya kinoya qildi u.
Shuningdek, Medvedov G‘arb davlatlari Rossiya bilan hech qanday teng huquqli hamkorlikni xohlamasligini, xuddi shu narsa G‘arbning Xitoyga nisbatan munosabatiga ham tegishli ekanini ta’kidlagan.
“Bunday munosabat biz qandaydir baxtsiz va noto‘g‘ri bo‘lganimiz uchun emas, balki bu ularga kerak emasligi uchun shunday. Ular o‘z g‘oyalari asosida hukmronlik qilishi kerak. Anglo-sakson olami deb ataluvchi dunyo o‘zi uchun bunday g‘oyalarni ishlab chiqqan va bu qarashlar anglo-saksonlarning nuqtai nazarida qoidalarga asoslangan tartibga mos keladi – bu ularning dunyosi, ular uni nazorat qiladi, qoidalarni ham o‘zlari o‘rnatadi”, deydi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.
Siyosatchining ta’kidlashicha, anglo-sakson dunyosi barchani boshqarishga harakat qilmoqda va hozircha Sovet Ittifoqi, Varshava shartnomasi va O‘zaro iqtisodiy yordam kengashi parchalanganidan keyin muvaffaqiyatga erishgan.
“Dastlab Xitoy, keyin biz o‘zimizni mustaqil tuta boshladik. Ularga bu haqiqatdan ham yoqmaydi, shuning uchun ham ular kelgusi o‘n yilliklar davomida tinchimaydi”, deya xulosa qilgan Medvedev.
Shuningdek, siyosatchi universitetda aspiranturada o‘qib yurgan chog‘larini eslab, o‘sha davrda Rossiya G‘arb bilan normal sheriklik munosabatlariga ega bo‘lganini ta’kidlagan. Bunga esa Rossiya va G‘arb orasida mafkuraviy tafovut qolmagani sabab bo‘lgan. Biroq keyinchalik, Medvedevning aytishicha, G‘arb bilan hamkorlik faqatgina ba’zida illyuziyaga aylanib ketadigan g‘oya ekani ayon bo‘lgan.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr